Pro 3 ANC — musiqa, video va qo‘ng‘iroqlar uchun har kunlik simsiz quloqchinlar.
• Shovqinni faol bostirish (ANC): transport, metro va ofisdagi past chastotali shovqinni kamaytiradi.
• Sensorli boshqaruv: musiqani to‘xtatish va yoqish, trekni almashtirish, qo‘ng‘iroqqa javob berish.
• Mikrofon: telefon orqali gaplashish uchun.
• Fazoviy ovoz rejimi.
• Quloqlik: 5 xil o‘lchamdagi silikon quloqlik — qulog‘ingizga mosini tanlang.
• Zaryadlash: keys Type-C orqali, Qi va MagSafe simsiz zaryadlovchilariga mos.
Batareya: bir zaryadda 4 soatgacha musiqa, keys bilan jami 15 soatgacha (ishlab chiqaruvchi ma’lumoti).
Qutida: quloqchinlar, zaryadlash keysi, almashtiriladigan quloqliklar, yo‘riqnoma. USB-C kabel komplektga kirmaydi.
• iPhone: keysni oching va telefon yoniga olib keling. Ekranda oyna chiqsa «Ulash»ni bosing yoki Bluetooth ro‘yxatidan quloqchinni tanlang.
• Android: keysni oching, telefon Bluetooth ro‘yxatidan quloqchin nomini tanlang.
Bitta quloqchin ulanmasa: ikkalasini keysga soling, telefondagi eski ulanishni o‘chiring, keysdagi tugmani 10–15 soniya bosib turing va qayta ulang.
Mustaqil ishlab chiqaruvchi mahsuloti, Apple mahsuloti emas. iPhone bilan Bluetooth quloqchin sifatida ishlaydi.

