EMTOP ELGA20581 akkumulyatorli mini zanjirli arra — bu engil, ixcham va qulay vosita bo‘lib, bog‘dagi shoxlarni kesish, yog‘ochlarni parchalash va turli oddiy yog‘och ishlari uchun mo‘ljallangan. 20 voltli akkumulyator bilan ishlaydi, elektr tokiga bog‘liq emas. Bog‘, dala va uyda foydalanish uchun juda mos.
Asosiy xususiyatlari:
- Kuchlanish: 20 V
- Shinaning uzunligi: taxminan 13 sm (5 dyuym)
- Zanjir tezligi: taxminan 5 m/s
- Og‘irligi: taxminan 2,4 kg
- Bir qo‘l bilan ishlashga mos dizayn
- Zanjir va shina osongina almashtiriladi
- Yog‘och, shox va taxtalarni kesish uchun mos
Afzalliklari:
- Simsiz ishlash — to‘liq harakat erkinligi
- Engil va qulay boshqaruv
- Bir tugma bilan ishga tushirish
- Bog‘bonlar va uy sharoitida ishlovchilar uchun juda qulay