• Qurilma turi: Simsiz mikrofon petlichka
• Aloqa turi: Raqamli simsiz (2.4 GHz)
• Jamlanma xususiyati: Zaryadlash keysi bilan
• Displey turi: LED raqamli displey
• Shovqinni kamaytirish: Bor (Umno`ye shumopodavleniye)
• Ulanish interfeysi: Type-C (yoki Lightning/iPhone)
• Mos keladigan qurilmalar: Telefon, planshet, kamera
• Korpus materiali: Sifatli plastik (ABS)
• Ishlash masofasi: 20 metrgacha (toʻsiqlarsiz)
• Ishlab chiqarilgan mamlakat: Xitoy
K9 Simsiz mikrofon petlichkasi — video va audiolaringiz uchun professional ovoz!
Siz mobil telefoningizda sifatli videolar (Reels, TikTok, YouTube uchun) olmoqchimisiz, lekin videoda ovozingiz xira, uzoqdan eshitilayotgandek yoki ko‘chadagi shovqinlar xalaqit beryaptimi? Ushbu aqlli simsiz mikrofon aynan siz uchun yaratilgan! U ovozni studiyadagidek tiniq va baland yozib olishga yordam beradi.
Nima uchun aynan shu mikrofonni tanlash kerak? Asosiy qulayliklari:
- Zaryadlash keysi va aqlli LED displey: Mikrofonlarni maxsus qutichasiga (keysiga) solib qo‘ysangiz, ular o‘zi avtomat zaryad oladi. Qutining tashqarisidagi raqamli displey esa keysning o‘zida qancha zaryad qolganini aniq (%) ko‘rsatib turadi. Bu sizni kutilmaganda zaryad tugab qolishidan asraydi.
- Shovqinni aqlli yuborish (Smart Noise Reduction): Mikrofonga o‘rnatilgan maxsus chip yordamida u ko‘chadagi shamol ovozini, mashinalar shovqinini yoki uydagi begona g‘o‘ringillashlarni avtomat ravishda o‘chiradi. Videoda faqat sizning tiniq ovozingiz qoladi.
- Ulanish juda oson (Plug and Play): Hech qanday Bluetooth sozlamalari yoki qo‘shimcha dasturlar (ilovalar) yuklab olish shart emas. Qabul qilgichni (resiverni) telefoningizning pastki qismiga ulaysiz, mikrofonni yoqasiz va u o‘zi avtomat ulanib, ishlashga tayyor bo‘ladi.
- Uzoq masofada ishlash: 2.4G simsiz texnologiyasi tufayli telefondan ancha uzoqlashib, harakatlanib gapirsangiz ham signal uzilmaydi va ovoz bir tekisda yoziladi.
- Universal va yengil: Mikrofon juda kichik va yengil bo‘lib, kiyim yoqasiga qisqich bilan mahkamlanadi. U kiyimni tortib turmaydi va deyarli ko‘rinmaydi. Telefonlar (Android va iPhone qurilmalari) bilan mukammal ishlaydi.
Kimlar uchun tavsiya etiladi?
- Blogerlar, mobilograflar va vaynchilar uchun;
- Onlayn dars va darsliklar yozadigan o‘qituvchilar uchun;
- Jonli efir (strim) va intervyu oluvchilar uchun.
Komplekt ichida nimalar bor:
- Mikrofonlarni saqlash va zaryadlash keysi;
- Simsiz mikrofon (petlichka);
- Telefonga ulanuvchi qabul qilgich (resiver);
- Keysni zaryadlash uchun kabel;
- Ishlatish bo‘yicha yo‘riqnoma.