• Avtomobil mosligi: Avtomobilda ishlab chiqaruvchi tomonidan o'rnatilgan original simlik CarPlay tizimi bo'lishi kerak. Asl avtomobil mikrofoni bilan mos keladi
• Funktsiyalar: Plug and Play ulanish, telefon simsiz ishlashi, 5,8 ГГц yuqori tezlikda axborot almashinuvi va energiya tejamkorlik, avtomobildagi original elementlari, shu jumladan ruldagi tugmalarning ishlashi taminlangan
• Mos keluvchi OS: iPhone 6 va yangiroq, IOS 10 va yangiroq
• Port: LED indikator, port USB type A, to'plamda USB Type C adapter, 3М yopishqoq tasma bor
• Ekran o'lchamlari: Adaptiv (protokolning asl o'lchamini saqlab qoladi)
• Wi-Fi chastotasi: 5150-5250 МГц, 5725-5850 МГц, Bluetooth: 5.2 802.11ас
• Kafolat muddati: 90 kun
• Adapter o'lchamlari: 34 * 65 * 13 mm, vazni 30 g. Qadoqdagi o'lchami: 150 * 73 * 55 mm, vazni 50 g
• Material: Plastik, rangi qora
• Simsiz CarPlay
CarPlay uchun simsiz adapter. (Simlik Carplay tizimi bor avtomobillarga mo'ljallangan)
Avtomobilingizni simsiz CarPlay multimedia markaziga aylantiring va katta ekran orqali sevgan ilovalaringizdan zavq oling. Bu simsiz moslama orqali avtomobilingizdagi ishlaydigan funktsiyalar bilan tanishtirib chiqsak:
- Simsiz ozodlik. Smartfon bilan avtomobilingiz CarPlay tizimiga xar gal sim orqali ulash muhtojligi yo'qoladi. Avtomobil o't oldirish tizimi ishga tushishi bilan smartfon CarPlay multimedia tizimiga tez va avtomatik tarzda ulanadi.
- Mukammal ko'makdosh. Turli xil "xaritalar" ilovasining tezkor va qulay imkoniyatlari avtomobilingizda xizmatingizga muntazir. (Yandex Navigator, Waze, 2GIS, Google xaritalari, Sygic GPS- navigatsiya,xaritalar, MAPS ME)

- Atrof to'la musiqa. Turli audio ilovalar va podkastlar sizning ixtiyoringizda. (Яндекс Музыка, Spotify, TuneIn Radio, Overcast, Audiobooks.com, Audible, Downcast, Stitcher, Слушай аудиокниги, Подкасты, Bookmate, NPR One, Vox, MLB3)
- Qo'ng'iroqlar. Yo'ldan e'tibor uzmasdan qo'ng'iroq qiling va qo'ng'iroqlarga javob bering. Buni xammasini Siri uddalaydi.
- Xabarlar. Oldin xabarlar o'qilardi va javoblar yozilardi. Xozir esa xabarlar tinglanmoqda va ovozli javoblar qoldirilmoqda. Siri orqali ovozli xabar yuboring, suhbatdoshingiz javobingizni matnga aylangan xolda qabul qilib oladi. Endilikda Siri yordamida siz kiruvchi xabarlarni tinglash imkoniga egasiz va o'z navbatda yo'ldan etiboringizni uzmasdan og'zaki javob xabar yuborish imkoni bor. (Viber, WhatsApp, Telegram)
- Kalendar. Avtomobil boshqaruvida bo'lganingizda ham, xamma ishlar qo'lingiz ostida.
Muhim: Simsiz adapter yordamida iPhone ni avtomobilga ulash quyidagi bosqichlardan iborat:
- Adapter avtomobil media sistemasiga tegishli bulgan USB joyiga urnatiladi.
- iPhone da bluetooth orqali adapterni topish kerak (smartdongleXXX)
- iPhone bilan adapter bluetooth orqali bir biriga biriktiriladi.
- Kontakt almashinuviga ruxsat beriladi, Siri yoqilmagan bulsa,smartfonda Sirini yoqish kerak, bir ozdan keyin iPhone da Carplay ishlashiga ruxsat beriladi.
- 10-15 sekund vaqt o'tganidan so'ng, avtomobil ekranida Carplay tizimi simsiz ishga tushadi. (Keyingi safar smartfon avmobil Carplay tizimiga avtomatik ulanadi)
- Agarda avtomobil bilan smartfon orasida oldindan bluetooth ulanma (masalan mychevrolet) bo'lgan bo'lsa, uni o'chirib tashlash kerak, aks holda tizim 2 ta bluetooth ulanishi хisobiga notog'ri ishlashi mumkin!