• Ishchi kuchlanishi: DC 8-80V, AC 85–250V
• Masofa: 50/200/1000 metrgacha (ochiq joyda, pult turiga bog'liq)
• Rele maksimal toki: 30A (6600 Vt)
• Chastota: 433.92 MGts
• Ishlash harorati: -30°C ~ +80°C
Diqqat!
Mahsulotni tanlashda relening ishchi kuchlanishi turiga (DC yoki AC) e'tibor berishingizni so'raymiz! Bunday relelarning tashqi ko'rinishlari tegishli suratlarda keltirilgan.
Afzalliklari
Yuqori quvvat: 30A tokli rele modeli boshqa 10A-16A modellardan farqli o‘laroq, elektr qozonlar (kotyol), chuqurlik nasoslari va sug‘orish tizimlarini, shuningdek yuqori quvvat talab qiluvchi qurilmalarni xavfsiz boshqarishi mumkin.
Mustahkam korpus: Qalin simlar uchun mo‘ljallangan kuchaytirilgan klemma bloklari va himoya qobig‘iga ega.
Boshqarish rejimlari soni: 7 ta.
Tayyor to‘plam: To'plamdagi pultlar relega oldindan sozlangan va foydalanishga tayyor, yangilarini bog'lash esa qiyin emas.
Tanlash uchun variantlar:
Rele ischi kuchlanishiga ko'ra:
1) DC 8-80V (o'zgarmas tokda ishlaydi va o'zgarmas tokli yuklamalarni boshqaradi)
2) AC 85-250V (o'zgaruvchan tokda ishlaydi va o'zgaruvchan tokli yuklamalarni boshqaradi)
Boshqarish pulti turi va miqdoriga ko'ra (variant nomlari shartli ravishda harflar bilan belgilangan):
1) "A" variant - qisqa masofali (50 metrgacha) ikki tugmali pult (dastlabki sozlamada 1-tugma yoqish, 2-tugma o'chirish uchun ishlatiladi)
2) "B" variant - o'rta masofali (200 m.) ikki tugmali pult (dastlabki sozlamada 1-tugma yoqish, 2-tugma o'chirish uchun ishlatiladi)
3) "C" variant - uzoq masofali (1000 m.) uch tugmali pult (dastlabki sozlamada 1-tugma yoqish, 2-tugma o'chirish uchun ishlatiladi)
4) "D" variant - qisqa masofali (50 m.) uch tugmali simsiz boshqaruv paneli (dastlabki sozlamada 1-tugma yoqish, 2-tugma o'chirish uchun ishlatiladi)
5) Faqat 1 ta rele
6) Faqat 1 ta A, B, C turidagi pult
Faqat D turidagi pultni (simsiz boshqaruv panelini) alohida holda do'konimizdagi boshqa tovar kartochkasi orqali xarid qilishingiz mumkin.
Agar Sizga yuqoridagilardan farq qiladigan, maxsus tarkibli to'plam zarur bo'lsa, bizga bu haqda chat orqali ma'lum qilishingiz mumkin.
Dastlabki holatida barcha pultlar oldindan relega sozlangan. Lekin ularni relening 7 ta rejimidan ixtiyoriy boshqasiga qayta sozlash ham mumkin. Buning uchun rele yon tomonidagi sozlash tugmasidan foydalaniladi.
Barcha boshqarish rejimlarining vazifasi va sozlash tartibi haqida batafsil ma'lumotlar "Ko'rsatma" bo'limida keltirilgan.

