Qurilish, montaj va pardozlash ishlari uchun professional INGCO to‘plami. To‘plam tarkibiga cho‘tkasiz zarbali drel, o‘z-o‘zini tekislaydigan yashil lazerli nivo va lazerli masofa o‘lchagich kiradi. Barchasi 20V platformasi bilan mos keladi.
Drel maksimal 86 Nm aylantirish momentiga ega, 2 ta tezlik rejimi va 13 mm metall patron bilan jihozlangan bo‘lib, murakkab ishlar uchun juda qulay.
Yashil lazerli nivo 35 m gacha masofada yuqori aniqlik va yaxshi ko‘rinishni ta’minlaydi, gorizontal va vertikal o‘lchovlarni bajarish imkonini beradi.
Lazerli masofa o‘lchagich esa 70 m gacha aniq masofani o‘lchash imkonini beradi.

