Ushbu silikon primankalar yirtqich baliqlarni ovlashda sizning eng ishonchli yordamchingizga aylanadi. Maxsus qovurg'ali tanasi va faol (vibro) dumi suv ostida xuddi qochib ketayotgan yoki yarador kichik baliqcha kabi tabiiy tebranishlar hosil qiladi. Bu tebranishlar hattoki eng passiv va to'q yirtqichlarni ham instinktiv ravishda hujum qilishga majbur qiladi.
Sudak uchun 1-raqamli tanlov: Amaliyotda ko'p bora sinovdan o'tgan bo'lib, ayniqsa sudak ovida juda yuqori samaradorlik ko'rsatadi.
Jozibador harakat: Suvga tushishi bilanoq "ishlay" boshlaydi, har qanday tezlikdagi o'tkazishlarda (provodka) o'zining barqaror o'yinini yo'qotmaydi.
Ko'p qirralilik: Yilning turli fasllarida (bahor, yoz, kuz) va har xil oqimdagi suvlarda birdek yaxshi natija bershi anig'.

