Aquant dush tagligi uchun sifon PV115-70-MR — dush poddonlaridan suvni kanalizatsiya tizimiga chiqarish uchun mo‘ljallangan to‘g‘ri oqimli sifon hisoblanadi. Model dush tagliklarining standart drenaj teshigi diametri 50 mm bo‘lgan tizimlari uchun ishlab chiqilgan.
Sifon chiqarish qismi 70 mm diametrli zanglamaydigan po‘lat panjara bilan jihozlangan. Panhara chiqarish qismiga 60 mm uzunlikdagi vint va M6 oltiburchak gayka yordamida mahkamlanadi. Model ortiqcha suv chiqishi (pereliv) tizimisiz ishlab chiqarilgan.
Sifon kolenosi to‘g‘ri oqimli konstruktsiyaga ega bo‘lib, gidrozatvor balandligi 50 mm ni tashkil qiladi. Bu konstruktsiya kanalizatsiyadan keladigan noxush hidlarning xonaga kirib kelishini oldini olishga yordam beradi. Kanalizatsiyaga ulash uchun quvur yoki gofrali shlang alohida sotib olinadi.
To‘plam tarkibiga termoplastik elastomer (TPE) materialidan tayyorlangan “kapalak” shaklidagi prokladka kiradi. Ushbu material akril vannalar yoki dush poddonlari bilan reaksiyaga kirishmaydi va uzoq muddat xizmat qiladi. Shuningdek, suvni yopish uchun TPE materialidan tayyorlangan probka mavjud bo‘lib, u zanjirsiz ishlab chiqarilgan.
Mahsulot to‘liq komplektatsiyada yetkazib beriladi: barcha kerakli gaykalar, prokladkalar va o‘rnatish sxemasi mavjud. Sifonning suv chiqarish tezligi 25 litr/minutni tashkil qiladi.

