Kitob bola tarbiyasidagi eng muhim vositalardan biri sanaladi. Ertaklar bola qalbini ezgulikka to‘ldirsa, she’rlar bola nutqini go‘zallashtiradi. Aziz bolajonlar, ushbu to‘plamda siz do‘lananing dardini, sichqonning orzusini, serquyosh o‘lkamizning go‘zal tasvirini va boshqa rang-barang mavzudagi ko‘plab voqea hamda holatlarni mohir shoirlarning shirali uslubida mutolaa etasiz!

