Kitob Xitoy Kommunistik partiyasining yuz yillik tarixini jonli hikoyalar orqali ochib beradi unda yangi demokratik inqilob, sotsialistik qurilish, islohotlar va ochiqlik siyosati hamda zamonaviy taraqqiyot davrlari batafsil tasvirlangan.
Si Szinpingning siyosiy tafakkuri va tarixga bergan baholari kitobga chuqur g'oyaviy asos bag'ishlagan. Asarda Mao Zedong, Li Dajao, Jou Enlai, Deng Siaoping kabi tarixiy shaxslar hayoti va fidokorona kurashi, partiya a'zolarining fidoyiligi va xalq bilan bog'lanish ruhi teran yoritiladi.
Bu kitob tarixchilar, talabalar, siyosatshunoslar, o'qituvchilar hamda zamonaviy Xitoyning mafkuraviy asoslarini chuqur anglashni istagan keng kitobxonlar ommasi uchun moljallangan.

