• Sensorli matoli kitob – chaqaloqlar uchun mukammal rivojlantiruvchi o‘yinchoq. Yumshoq, xavfsiz. Sahifalari shiqirlaydi, tishlagich bilan. Ko‘rish, sezgi va motorikani rivojlantiradi. Manej va krovatga mos.
Hayvonlar mavzusidagi yumshoq soft book — 0–3 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan sensor va rivojlantiruvchi matoli kitob. Kitob sahifalarida shirqiraydigan elementlar, rang-barang rasmlar, turli fakturalar hamda tish chiqarish davrida tishlash uchun tishlagich (grizunok) mavjud.
Soft book bolada:
• mayda motorikani rivojlantiradi
• sensor idrok (ushlash, eshitish, ko‘rish)ni kuchaytiradi
• diqqat va qiziqishni oshiradi
• hayvonlarni tanish va ilk so‘zlarni o‘rganishga yordam beradi
Yumshoq va xavfsiz matodan tayyorlangan bo‘lib, chaqaloqlar uchun qulay. Kitobni tishlash, ushlash, varaqlash mumkin — bu esa tish chiqish davrida bolani tinchlantiradi. Yengil va ixcham bo‘lgani sababli uyda, sayrda yoki safarda foydalanish uchun juda qulay.

