Hayotimiz yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi kurash asosida qurilgan. Yemonlik, jinoyatchilik qanchalik avj olmasin, u oxir-oqibat tanazzulga yuz tutadi. Yaxshilik va ezgulik hamisha g‘alaba qozonadi. Bu - hayot qonuni.
Detektiv hikoyalarda ham aynan shu qonuniyat butun bo‘y basti bilan namoyon bo‘ladi. Eʼtiboringizga havola etayotganimiz dunyo adabiyoti durdonalari Siz aziz kitobxonlarni yovuzliklarga qarshi va ularga nisbatan hamisha hushyor turishga undaydi, degan umiddamiz.

