Tovar tavsifi:
Biz bugun sevib o'qiyotgan kitoblarni yigirma-o'ttiz yil o'tib, balki varoqlagimiz ham kelmas, xohish topolmasmiz. Lekin, "Shum bola" qissasini esa har gal, qanday yoshda bolalik sho'xliklarini qo'msab, sog'inib mutolaa qilishga ehtiyoj sezamiz. Adibimiz G'afur G'ulomning bu qissasi tasviriy vositalarga boyligi bilan boshqa asarlaridan ajralib turadi.
"Dandon sopli pichoq"dan boshlanib, chuvalashib ketgan gapni boyning qizi — Adolning "o'g'il tug'ib bergani"ga borib ulab "innankeyin"chi, o'lgudek injiq, zarda ezma Sariboyni mot qilgan Shum bolaning bir-biridan qiziq sarguzashtlaridan xabardor bo'lishni xohlasangiz kitob mutolaasiga shoshiling. 160 sahifadan iborat ushbu kitob keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.
Tovar xususiyatlari:
Kitob nomi: Shum bola (qissa)
Muallif: G'afur G'ulom
Nashriyot: "Oltin qalam" nashriyoti
Turkumi: Abadiy barhayot turkumi
Nashr yili: 2023
Sahifalar soni: 160 bet
ISBN: 978-9910-750-03-8
UDK / KBK: UDK: 823.032, KBK: 889.00
Yosh cheklovi: 12+ (O'smirlar va keng kitobxonlar uchun)
Ishlab chiqaruvchi mamlakat: O'zbekiston

