• Bestseller
• Yumshoq Muqova
• Yorqin va qulay shriftlar
• Sifat va narx uyg`unligi
• O`qish uchun qulay format
„Shum bola“ — oʻzbek yozuvchisi va shoiri Gʻafur Gʻulom qalamiga mansub qissa. Muallif asarni 1936-yil yozgan. Qissa bir necha marta nashr qilingan. Qissada ijodkorning bolaligi, XX asr boshidagi Toshkent hayoti tasvirlangan.
Qissa oʻtkir hajviy asar boʻlib, haqiqiy voqealar va shaxslar taqdiriga asoslangan. Asar markazida yozuvchining hayotidan olingan koʻp faktlar turgan boʻlsa-da, u avtobiografik emas. Unda haqiqiy tarixiy faktlarga nisbatan badiiy toʻqima, fantaziya kuchli.
Qissani F. Shayhutdinova (1968) hamda A. Naumov (1970) rus tiliga, V. Grimich (1991) ukrain tiliga tarjima qilingan.
1977-yil asar asosida „Shum bola“ filmi suratga olingan. Film ham oʻzbek, ham xorijiy film tanqidchilari tahsiniga sazovor boʻlgan.
2023-yil asar BBC nashri tomonidan barcha davrlarning eng yaxshi top-100 bolalar kitoblari reytingiga kiritilgan. Shu yili Gʻafur Gʻulom tavalludining 120-yilligi munosabati bilan adib nomidagi nashriyot tomonidan qissaning yangi oʻzbekcha nashri chop etilgan

