🌿 Shukronalik kundaligi 🌿
Har bir kuningizni shukronalik bilan boshlang va qalbingizga xotirjamlik ulashing.
Shukronalik kundaligimiz 64 sahifadan iborat bo‘lib, o‘rtacha qalinlikdagi sifatli qog‘ozda tayyorlangan. Sahifalar yuqori sifatli bosma texnologiyasi asosida chop etilgani sababli yozish uchun qulay, yozuvlar esa aniq va ravshan ko‘rinadi.
Kundalik zamonaviy va o‘ziga xos dizayni bilan ajralib turadi. Har bir sahifa qulay tartibda ishlab chiqilgan bo‘lib, fikrlaringizni, shukronaliklaringizni, maqsadlaringizni va kunlik mulohazalaringizni bemalol yozib borishingiz uchun yetarli joy ajratilgan.
Bu kundalik sizda har kuni Alloh ato etgan ne'matlarni eslash, ijobiy fikrlashni rivojlantirish, qalb xotirjamligini topish va shukr qilish odatini shakllantirishga yordam beradi.

