• Maksimal balandlik: 1700 mm (1.7 metr)
• Minimal balandlik: 580 mm
• Boshcha turi: 360° aylanuvchi panorama boshcha
• Oyoqlar bo‘limi: 3 bo‘limli, blokirovkali qisqichlar bilan
• Moslama turi: Kamera va smartfonlar uchun universal vint
• Daraja moslamasi: Pufakli darajali tekislik nazorati
• Og‘irligi: Taxminan 1.3 kg, yengil va ko‘chma
• Material: sifatli alyuminiy qotishmasi
JMARY KP-2294 tripod – bu yarim professional va professional foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan mustahkam, ko‘p funksiyali va balandligi sozlanadigan uch oyoqli shtativdir. U vlog yozuvlari, intervyular, studio ishlari, tabiat manzaralarini suratga olish hamda video kontent tayyorlashda keng qo‘llaniladi.
Ushbu model yuqori sifatli alyuminiy qotishmasidan tayyorlangan bo‘lib, barqarorlik va engil vaznni birlashtiradi. Tripodning maksimal balandligi taxminan 1.7 metrgacha yetadi, bu esa turli burchaklardan qulay suratga olish imkonini beradi. 3 qismli oyoqlar, blokirovkali qisqichlar, 360° buriluvchi panora boshcha va pufakli daraja moslama suratga olishda aniqlikni oshiradi.
Shuningdek, telefon ushlagich va kameralar uchun universal tishli vint mavjud bo‘lib, aksariyat qurilmalarga mos keladi. Tez yig‘ilishi va buklanishi bilan harakatdagi blogerlar va suratga oluvchilar uchun ayni muddao.
JMARY KP-2294 — bu ishonchli, funksional va estetik tripod bo‘lib, har qanday suratga olish ishini professional darajaga olib chiqadi.

