Rang: Toʻq kulrang
Afzalliklarichinnakamiga juda chiroyli dizayn (zamonaviy 👾🧬, gravastarni mishkalariga o'xshaydi) va arzon, sifatsiz mishkalarga nisbatan sifati sezilarli darajada yaxshi,
tavsifda ko'rsatilgan texnik xususiyatlari muammosiz ishlaydi. qo'shimchasiga komplekt ichida stikerlari ham bor👍.
Va mishkada Dpi indikator bor ekan. Instruksiyada batafsilroq yozilgan.
KamchiliklariBu modelda software yoq ekan. Yani siz bu mishkani statik ranga qoya olmaysiz(bitta istalgan rangga qoyish imkoni yoq), Rgb isi O'zi almashib yonib turadi, Bu katta minus emas, Arzon mishkalarga nisbatan Rgb sifati ham juda yaxshi, Va shu bilan birga yon knopkalarga xarhil funksiyalar qoyib bo'lmaydi lekin buni (X-button Mouse controller) yordamida tog'irlasa bo'ladi,
va mishka to'laqonli shovqinsiz emas, ovozi bor ammo juda ham baland emas, o'ziga yarasha yoqimli ovoz.💰💸
IzohUmuman olganda mishkani olishni maslahat beraman. 10/9 Xar qanday ish (o'qish, ish, o'yin uchun juda kuchli ko'rsatkichlarga ega.
(mishkani orqa tomonidagi "Remove" deb yozilgan qatlamini ehtiyotkorlik bilan olib tashlash kerak, bu narsa mahsulot Xo'randaning qo'liga yetib borguncha shikast yetmasligi uchun kerak, agar olib tashlamasangiz mishkagizni silliq harakatlantira olmaysiz.)
Sotuvchining javobi
Assalomu Alaykum Hayirli kun Xurmatli Asilbek!
Mahsulotimiz sizga yoqganidan Xursandmiz!
Ishonchingiz uchun Tanlovingiz va Yuqori Bahoyingiz uchun alohida Katta Raxmat!
Izohingiz barcha uchun manfa'atli buladi Inshaalloh!
Sizni yana dukonimizda G'oyibona kutib qolamiz!
Hurmat bilan!