Ushbu kitob torakal radiologiya sohasida ishlovchi mutaxassislar uchun amaliy qo‘llanma hisoblanadi. Kitobda ko‘krak qafasi a’zolarining shoshilinch holatlarida rentgenologik diagnostika usullari, tezkor tashxis qo‘yish, klinik holatlarni tahlil qilish va zamonaviy yondashuvlar yoritilgan. Tibbiyot talabalari, ordinatorlar, rentgenologlar va pulmonologlar uchun foydali manba.


