Shortcut To Ielts Writing - The Ultimate Guide To Immediately Increase Your Ielts Writing Scores!
(IELTS Writing-ga qisqa yo‘l — IELTS imtihonining «Yozma ish» bo‘limidan ballaringizni tezkorlik bilan oshirish uchun mukammal qo‘llanma!)
Yaqinlashib kelayotgan akademik IELTS Writing (yozma ish) testidan xavotirdamisiz?
O‘zingiz xohlagan ballni olishni umid qilyapsizmi?
Task 1 va Task 2 topshiriqlaridan qanday qilib yuqori ball olishni o‘rganishni istaysizmi?
Agar yuqoridagi savollarga «ha» deb javob bergan bo‘lsangiz, unda ushbu kitob siz uchun ayni muddaodir.
Bu kitobda IELTS Writing (Academic) bo‘limida yuqori ballga erishishingizga yordam beradigan sinalgan formulalar, foydali maslahatlar va strategiyalar jamlangan. Shuningdek, u sizni Task 1 va Task 2 uchun yaxshi tartiblangan (strukturali) javoblarni qanday ishlab chiqish bo‘ycha bosqichma-bosqich yo‘naltiradi; Task 1 va Task 2-da so‘raladigan turli xil savol turlarini aniq tushuntiradi hamda har bir turdagi hisobot (report) va esseni qanday qilib a’lo darajada yozish bo‘yicha qadam-baqadam ko‘rsatmalar beradi.
Ushbu kitob muallifi sifatida, mazkur IELTS qo‘llanmasi akademik yozma ish bo‘yicha o‘z ballarini maksimal darajaga ko‘tarmoqchi bo‘lgan barcha talabalar uchun almashtirib bo‘lmaydigan manba va ishonchli yo‘ldosh bo‘lishiga ishonaman. HOZIROQ harakat qilishni boshlang va YANGI BALLARGA bugundanoq erishing!

