

Yaxshi quloqchin — qutida yozilgan funksiyalargina emas. Bu yo‘lda sevimli musiqangizni tinglash, suhbatda ovozingiz aniq eshitilishi va har kuni qo‘lga olish yoqimli bo‘lgan buyum.
Yangi ShopLand Pro 3 ANC + ENC’ni aynan shu fikr bilan tayyorladik. Fabrika bilan birga uzoq ishladik: qismlar, materiallar va komplektni tanladik, namunalarni tekshirdik va detallarni yaxshiladik. Maqsadimiz — kundalik foydalanishda seziladigan sifatni saqlab, narxni ham maqbul qilish.
Shuning uchun faqat ovozga e’tibor bermadik. Keysning metall sharniri, almashtiriladigan silikon nasadkalar, sifatli himoya g‘ilofi va quti ichidagi tartib — biz uchun birinchi taassurot ham, har kungi qulaylik ham muhim.
Yangi Pro 3 — ShopLand brendi ostidagi mahsulot: o‘z qutimiz, brend gravirovkasi va o‘ylab tanlangan komplekti bilan. Bizni faqat logotipimizdan emas, sifatimizdan ham tanishingizni istaymiz.
Yo‘lda — chuqur bassli musiqa. Shovqinli joyda — ANC. Yoningizdagi odamni eshitish kerak bo‘lsa — shaffof rejim. Qo‘ng‘iroq, o‘qish, ish va kechki o‘yin uchun alohida quloqchin kerak emas: Pro 3 bularning barchasiga mos.
Xariddan keyin ham aloqadamiz. Modelga ShopLand’dan 18 oy kafolat beriladi. Ulash yoki foydalanishda yordam kerak bo‘lsa, bizga yozing — yordam beramiz. Nosozlik bo‘lsa, kafolat bo‘yicha murojaat qilish tartibini tushuntiramiz.
ShopLand Pro 3 ANC + ENC’ni Uzum Market’dagi do‘konimizdan tanlang.
ShopLand — Siz uchun yaratilgan.


