Kamelot taxtini o‘zini qirol deb e’lon qilgan Rayen egallab oldi. Taxt vorisi Tedros zindonga tashlangan, Agata qochqin, Sofi esa o‘lim tahdidi ostida Rayen bilan to‘yga tayyorlanmoqda. 66-xonadagi jodugarlar, professor Dovi va Xort Butunlay O‘rmonlar bo‘ylab xavfli jinoyatchilar sifatida qidiruvga berilgan, ularni telba Ilon quvlamoqda.
Sofi va Agata kuchlarini birlashtirib, Rayen va Ilonga qarshi turishi hamda Tedrosni taxtga qaytarishi kerak. Aks holda Yaxshilik ham, Yovuzlik ham yo‘qolib ketadi — Rayen o‘tmish va kelajakni qayta yozishga qodir Sehrli Qalamga ega.
Do‘stlik muhimmi yoki chin muhabbat? Taqdirni bajarishmi yoki o‘z yo‘lingni tanlashmi?

