Agata va Sofi ulardan oldin hech kimga nasib etmagan ishni uddalashdi - Yaxshilik va Yovuzlik maktabining afsonaviy olamidan yana tinchgina Gavaldon shahriga qaytib kelishdi. Qizlar bir necha asrlar davomida bolalarni o‘g‘irlab kelgan maktabning yovuz direktori ustidan g‘alaba qozonib, haqiqiy qahramonlarga aylanishdi. Ularning haykallari shahar markaziy maydonini bezab turibdi. Ularning sharafiga ulkan va tantanali shou tayyorlanmoqda…
Ammo nega Agata o‘zini baxtsiz his qilmoqda? Qabriston o‘rtasida joylashgan tug‘ilgan uyi, kal mushugi, odatiy qora liboslari va g‘alati, sho‘x eng yaqin dugonasi - axir bular uning sehrli maktabda orzu qilgan hayoti emasmi? U halol yo‘l bilan qo‘lga kiritgan o‘zining “abadiy baxtli hayoti” emasmi?!
Hammasi shunday, ammo bir muammo bor: Agata bir go‘zal shahzodani hech qachon unuta olmaydi. Va kunlarning birida u shunday tilak tilaydiki, bu tilak Gavaldondan yana bir bor afsonalar olamiga olib boruvchi yo‘lni ochadi…
Afsonadan chiqib ketishning yagona yo‘li - uni oxirigacha yashab o‘tishdir.

