• Hajmi: 450 ml
• Turi: Shina ta’mirlovchi va shishiruvchi spreyi
• Mosligi: Yengil avtomobillar uchun
• Vazifasi: Shina teshigini vaqtinchalik yopish
Shina teshilib qoldimi? Yo‘lda qolib ketmang!
Tire Sealer & Inflator – bu avtomobil shinasi teshilganda tezkor yordam beruvchi universal spreyi. Maxsus formula shina ichiga kirib kichik teshiklarni yopadi va bir vaqtning o‘zida shinani shishiradi.
Bu mahsulot yo‘lda favqulodda vaziyatlarda zaxira g‘ildiraksiz ham harakatni davom ettirishga yordam beradi.
✅ Tezkor ta’mirlash – bir necha daqiqada shina muammosini vaqtincha hal qiladi
✅ Shinani shishiradi – gaz bosimi yordamida shina ichiga havo yuboradi
✅ Oddiy foydalanish – hech qanday maxsus asbob kerak emas
✅ Yo‘lda yordam beradi – uzoq safarlarda juda foydali
✅ Kompakt hajm – avtomobil bagajida kam joy egallaydi
1️⃣ Balon shlangini shina ventiligiga ulang
2️⃣ Balonni tik holatda ushlab tugmasini bosing
3️⃣ Suyuqlik shina ichiga kiradi
4️⃣ 3–5 km sekin harakat qilib suyuqlik tarqalishini kuting

