Amazonda 11 000 dan ortiq ijobiy sharhlar!
2012-yildan buyon Britaniya Amazonidagi TOP-20 kitoblardan biri!
Rossiyada 65 000 dan ortiq nusxasi sotilgan!
Professor Pitersning ish joyi sokin yopiq xonada emas, balki turli sport klublarining mashg‘ulot bazasida joylashgan. Psixolog sifatida u ko‘plab taniqli sportchilar bilan hamkorlik qiladi, ular bu taniqli mutaxassis bilan suhbatlar tufayli g‘alaba qozonganliklarini e’tirof etishadi.
Stiv Piters - insonning psixologik holatini mukammal shaklga keltirish va yuqori natijaga tayyorlikni shakllantirishga yordam beradigan miyani boshqarishning innovatsion metodikasi muallifi. Pitersning fikricha, miyada ikkita qarama-qarshilik hukmron bo‘lib, ularni yorqin metafora shaklida tasavvur qilish mumkin: Inson (aql) va Shimpanze (hissiyot). Maqsadlaringga erishish uchun Shimpanzeni o‘ziga bo‘ysundirishni o‘rganish lozim. Buni qanday amalga oshirish haqida kitob yozilgan.
Ushbu kitobdan siz quyidagilarni bilib olasiz:
- his-tuyg‘ular hayotimizni qanday boshqarishini;
- muvaffaqiyatsizlikdan qanday omon qolish va muvaffaqiyatga erishishni;
- xavotir va kayfiyat o‘zgarishlariga qarshi nima qilish kerak;
- ishdagi stress va ortiqcha yuklamalardan qanday omon qolish mumkin;
- boshqa odamlar bilan munosabatlarni qanday o‘rnatish kerak.
Muallif haqida
Stiv Piters - professor, psixolog, Sheffild universiteti tibbiyot maktabi o‘qituvchisi. Sport psixologi sifatida velosport bo‘yicha Britaniya terma jamoasi, shuningdek, "Liverpul" futbol klubi bilan ishlagan.
Sharhlar
"Stiv eng zo‘ri. "Liverpul"dagi muvaffaqiyatlarimga u va uning dasturi sababchi bo‘lgan." - Stiven Jerrard, taniqli futbolchi, Britaniya imperiyasi ordeni sohibi
"Stiv Piters - faoliyatimdagi eng muhim shaxs." - Viktoriya Pendlton, velosport bo‘yicha jahon va Olimpiada chempioni
"Doktor Pitersning uslubi menga Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritishga yordam berdi." - Kris Xoy, taniqli britaniyalik velopoygachi

