"Shifo" — mashhur olim, qozi Iyoz rohmatullohi alayh tomonidan yozilgan, Rosululloh Muhammad sollallohu alayhi va sallamning fazilatlari, yuksak maqomlari, go‘zal xulqlari va hayotlarini chuqurroq anglashga bag‘ishlangan mo‘tabar asardir. Kitobning asosiy maqsadi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning musulmonlar hayotidagi o‘rni va u zotga bo‘lgan muhabbat hamda ergashishning ahamiyatini yoritishdan iborat.
Asarda Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning nasablari, Alloh taoloning u Zotni ulug‘lagani, go‘zal axloqlari, mo‘jizalari, payg‘ambarlik vazifalari va ummatlariga bo‘lgan rahmatlari kabi ko‘plab mavzular batafsil bayon qilinadi. Shuningdek, Qur’oni Karim oyatlari asosida Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning fazilatlari, u Zotga ergashish, sunnatlariga amal qilish va Alloh taologa muhabbatning Rosululloh sollallohu alayhi va sallamga ergashish bilan bog‘liqligi haqida muhim ma’lumotlar beriladi.
"Shifo" qariyb 917 yil davomida musulmon olimlari va siyrat tadqiqotchilari e’tiboridagi asarlardan biri bo‘lib kelgan. Manbalarda kitobga hozirgacha 144 ta sharh yozilgani qayd etiladi. Asar asrlar davomida qayta-qayta o‘qilgan, sharhlangan, muxtasar qilingan va nazmiy shaklga ham keltirilgan. Shu sababli "Shifo" bu sohada alohida mavqega ega bo‘lgan klassik manbalardan biri hisoblanadi.
Rosululloh sollallohu alayhi va sallam hayotlarini chuqurroq o‘rganish, u Zotning fazilatlari va go‘zal axloqlarini anglash hamda sunnatga muhabbatni kuchaytirishni istasangiz, "Shifo" kitobi kutubxonangizda bo‘lishi kerak. Buyurtma bering va bu mo‘tabar asarni mutolaa qilishni boshlang.

