Kitob dinning asosi - Islomdagi iymonning mohiyatiga bag‘ishlangan bo‘lib, zamonaviy diniy-ma’rifiy adabiyotimizni qayta tiklash yo‘lidagi dastlabki qadamlardan birining mevasi hisoblanadi.
Kitob ilk bor 1991-yilda "Iymon" nomi bilan o‘zbek tilida nashr etilgan. Unda islom va iymon nima ekanligi, shariat istilohida qanday tushunilishi, islomning ilmga va ilm izlashga qanday munosabatda bo‘lishi haqida ma’lumotlar berilgan. Kitobda iymon, farishtalar va payg‘ambarlarga e’tiqod qilish masalalariga oid ilmiy dalillar keltirilgan. Barcha ma’lumotlar Qur’on va Sunnat dalillari bilan mustahkamlangan.

