ortiqcha sebumni yo‘qotadi;
terini matlashtiradi;
teriga tabiiy yorqinlikni qaytaradi.
Yumshoq PAV asosidagi ko‘pik terini ehtiyotkorlik bilan tozalaydi, ortiqcha yog‘ va boshqa iflosliklarni yo‘qotadi. Tabiiy tozalovchi komponent shilliq qavatlarni bezovta qilmaydi va hatto sezgir teri uchun ham mos keladi.
Tarkibida aloe vera sharbati yuqori miqdorda bo‘lib, antibakterial, tiklovchi va tonus beruvchi ta’sirga ega. Aloe terini bakteriyalardan himoya qiladi, akne belgilarini kamaytiradi, terining immunitetini oshiradi va yallig‘lanishni bartaraf etishga yordam beradi.
Ko‘pik tarkibidagi rux terini matlashtiradi, ortiqcha yog‘ni shimadi hamda antiseptik va antibakterial ta’sir ko‘rsatadi. Mochevina esa teri hujayralarida namlikni saqlab, uzoq davom etadigan namlanganlik hissini ta’minlaydi.
pH – 5–7. Barcha teri turlari uchun mos. SLES/SLS saqlamaydi.
Natija: yallig‘lanishlar va nuqsonlarsiz toza, mat teri.
Qo‘llash usuli: ko‘pikdan oz miqdorda nam teriga surting, ko‘pirtiring va iliq suv bilan yuving.
Tarkibi (INCI): Aloe Barbadensis Leaf Juice (qayta tiklangan aloe vera barglari sharbati), Disodium Cocoamphodiacetate, Sorbitol, Glycerin, Polysorbate-20, Urea (mochevina), Natural Extract AP, Phenoxyethanol (and) Ethylhexylglycerin, Lactic Acid (sut kislotasi), Zinc PCA, Panthenol (provitamin B5), Perfume, Allantoin.

