• Muallif: Xolli Vebb
• Sahifalar soni: 160
• Muqova: qattiq.
• Til: o‘zbek tilida
• Format: 84 * 108 1/32 (A5)
• Nashriyot: "Spectrum Media Group" Toshkent 2022 yil.
Meyzi Xitchins mashhur detektiv boʻlishni xohlaydi. Ammo u hali kichkina, buvisi bilan yashaydi. Qizchaning koʻp vaqti buvisining topshiriqlarini bajarishga ketadi. Buvisi nevarasini juda yaxshi koʻradi, lekin kimdir unga xoʻjalik ishlarida yordam berishi kerak-ku. Meyzi uddaburon qiz. Buvisining topshiriqlarini bajarish bilan birga detektiv jumboqlarni ham yoʻl-yoʻlakay hal qilib ketadi, bunda unga hech kim xalaqit bermaydi... Buning ustiga, XIX asr Londoni sir-sinoatlarga toʻla!
Meyzi kemalarni uncha tushunmaydi, biroq bunisi unga juda yoqdi. Kemaning burnida qizil o'ymakor - suv parisi shakli bor. Sinchkovlik bilan qaralsa, suv parisi yig“layotganga oʻxshaydi: mum tomchilari yonoqlarida qotib qolgan. Ajoyib kema, ammo Meyzini bir narsa taajjubga soldi - dadasi yaqinda oʻzi xizmat qila boshlagan kema choʻkib ketdi deb yozgan edi. Kemani boshqalaridan ajratib turadigan belgisi bor - yig“layotgan suv parisi...

