• Nashriyot: "Spectrum Media Group" Toshkent 2022 yil.
• Muallif: Xolli Vebb
• Sahifalar soni: 160
• Muqova: qattiq.
• Til: o‘zbek tilida
• Format: 84 * 108 1/32 (A5)
Meyzi Xitchins mashhur detektiv boʻlishni xohlaydi. Ammo u hali kichkina, buvisi bilan yashaydi. Qizchaning koʻp vaqti buvisining topshiriqlarini bajarishga ketadi. Buvisi nevarasini juda yaxshi koʻradi, lekin kimdir unga xoʻjalik ishlarida yordam berishi kerak-ku. Meyzi uddaburon qiz. Buvisining topshiriqlarini bajarish bilan birga detektiv jumboqlarni ham yoʻl-yoʻlakay hal qilib ketadi, bunda unga hech kim xalaqit bermaydi... Buning ustiga, XIX asr Londoni sir-sinoatlarga toʻla!
Meyzining dadasi - dengizchi, hamma vaqt dengizda suzadi, qiz uni anchadan buyon koʻrgani yoʻq. Otasi esa qizini unutmaydi, mana hozir ham unga shokilali marjonni sovgʻa qilib yubordi. Shokilada sirli misr iyerogliflari bor. Balki topqir kishilarning yordami kerak boʻlib qolar. Ammo Qadimgi Misr boʻyicha yirik olimning oʻziga yarasha muammosi bor - uning kolleksiyasidan oltin qoʻngʻiz yoʻqolgan. “Bu naq ikkita misr rebusi jumbogʻi”, xursand boʻldi Meyzi va joʻshqinlik bilan bu sinoatni ochishga kirishib ketdi.

