• Nashriyot: "Spectrum Media Group" Toshkent 2022 yil
• Muallif: Xolli Vebb
• Sahifalar soni: 176
• Muqova: qattiq.
• Til: o‘zbek tilida
• Format: 84 * 108 1/32 (A5)
Meyzi Xitchins mashhur detektiv boʻlishni xohlaydi. Ammo u hali kichkina, buvisi bilan yashaydi. Qizchaning koʻp vaqti buvisining topshiriqlarini bajarishga ketadi. Buvisi nevarasini juda yaxshi koʻradi, lekin kimdir unga xoʻjalik ishlarida yordam berishi kerak-ku. Meyzi uddaburon qiz. Buvisining topshiriqlarini bajarish bilan birga detektiv jumboqlarni ham yoʻl-yoʻlakay hal qilib ketadi, bunda unga hech kim xalaqit bermaydi... Buning ustiga, XIX asr Londoni sir-sinoatlarga toʻla!
Meyzi yana oʻzining qadrdon lupasini qoʻliga oldi. Uning eng yaqin dugonasi Elis zodagon xonimlar oʻyiqdigan pansiondan gʻoyib boʻldi, ashyoviy dalil esa yoʻq hisobi - faqat mushuk panjalaridan qolgan siyohli izlar zanjiri bor. Elis, boy savdogarning yagona qizi qayerga yoʻqolgan boʻlishi mumkin? Uni oʻgʻirlab ketishgan boʻlsa-ya? Buning ustiga, qiz bilan birga mushuk va mushuk bolalari ham yoʻq. Meyzi ziyrakligi va topqirligi, oʻtkir aqli bilan maqtanishi bejiz emas - u jumboqning tagiga yetadi...

