• Nashriyot: "Spectrum Media Group" Toshkent 2022 yil.
• Muallif: Xolli Vebb
• Sahifalar soni: 144
• Muqova: qattiq.
• Til: o‘zbek tilida
• Format: 84 * 108 1/32 (A5)
Meyzi Xitchins mashhur detektiv boʻlishni xohlaydi. Ammo u hali kichkina, buvisi bilan yashaydi. Qizchaning koʻp vaqti buvisining topshiriqlarini bajarishga ketadi. Buvisi nevarasini juda yaxshi koʻradi, lekin kimdir unga xoʻjalik ishlarida yordam berishi kerak-ku. Meyzi uddaburon qiz. Buvisining topshiriqlarini bajarish bilan birga detektiv jumboqlarni ham yoʻl-yoʻlakay hal qilib ketadi, bunda unga hech kim xalaqit bermaydi... Buning ustiga, XIX asr Londoni sir-sinoatlarga toʻla!
Agar uylariga politsiyachi yashirinmaganida Meyzi Skotlend-Yarddagi ishlarga umuman aralashmagan boʻlardi. U qadar sergak boʻlmagan politsiyachini, tan olish kerakki, qizcha ikki hisobda “sindirdi”. Skotlend-Yarddagi detektivlar unchalik uddaburon emas ekanlar, demak, ularga yordam berish Meyzining burchi! Buning ustiga, ularning oddiy pansionati bilan suratlar oʻgʻirlaydigan katta to“daning qanday aloqasi borligi qizning oʻziga ham qiziq...

