• Nashriyot: "Spectrum Media Group" Toshkent 2022 yil
• Muqova: qattiq
• Muallif: Xolli Vebb
• Sahifalar soni: 160
• Til: o‘zbek tilida
• Format: 84 * 108 1/32 (A5)
Meyzi Xitchins mashhur detektiv boʻlishni xohlaydi. Ammo u hali kichkina, buvisi bilan yashaydi. Qizchaning koʻp vaqti buvisining topshiriqlarini bajarishga ketadi. Buvisi nevarasini juda yaxshi koʻradi, lekin kimdir unga xoʻjalik ishlarida yordam berishi kerak-ku. Meyzi uddaburon qiz. Buvisining topshiriqlarini bajarish bilan birga detektiv jumboqlarni ham yoʻl-yoʻlakay hal qilib ketadi, bunda unga hech kim xalaqit bermaydi... Buning ustiga, XIX asr Londoni sir-sinoatlarga toʻla!
Meyzi har tomondan yogʻilayotgan sirli jumboqlar ostida qoldi, hammasini topishga vaqti boʻlsa qani edi! Axir, u buvisining ham topshiriqlarini oʻz vaqtida bajarishi kerak. Masalan, «Noma'lum changalzorlar oʻgʻloni» ismli bolaning kimligini, nima uchun professor Tobinni kuzatayotgani va olim ekspeditsiyadan olib kelgan qizil patli katta niqobning unga qanday aloqasi borligini topishi kerak. Bu, avvalo, uning oʻziga qiziq!

