• Nashriyot: "Spectrum Media Group" Toshkent 2022 yil.
• Muallif: Xolli Vebb
• Sahifalar soni: 160
• Muqova: qattiq.
• Til: o‘zbek tilida
• Format: 84 * 108 1/32 (A5)
Meyzi Xitchins mashhur detektiv boʻlishni xohlaydi. Ammo u hali kichkina, buvisi bilan yashaydi. Qizchaning koʻp vaqti buvisining topshiriqlarini bajarishga ketadi. Buvisi nevarasini juda yaxshi koʻradi, lekin kimdir unga xoʻjalik ishlarida yordam berishi kerak-ku. Meyzi uddaburon qiz. Buvisining topshiriqlarini bajarish bilan birga detektiv jumboqlarni ham yoʻl-yoʻlakay hal qilib ketadi, bunda unga hech kim xalaqit bermaydi... Buning ustiga, XIX asr Londoni sir-sinoatlarga toʻla!
Yozda osmonini tutun qoplagan dim Londondan qishloqqa ketish qanchalar yaxshi! Faqat Meyzi va uning dugonasi Elis joylashgan uy toʻgʻrisida har xil mish-mishlar yurgani yomon-da. Emishki, uy bexosiyat ekan, hamma ijarachilar tezda bu uydan qochib ketadi va sababini hech kimga aytmaydi. Eng muhimi esa, qizlar koridorda sayr qilib yurgan arvohni oʻz koʻzlari bilan koʻrdilar! Kichkina, mushuk kattaligidagi sharpa...

