Sho‘ro davri. Yosh o‘zbek yigiti Sobirning maxfiy xizmatdagi yo‘li uni ona yurtidan olisga olib boradi. Xatar kuchaygani sari uning fe’li ham ochilib boradi: o‘z jonini asrash kerak bo‘lgan damda ham u boshqalarning taqdiriga befarq qaray olmaydi.
2005-yilda «Hordiq plyus» gazetasi o‘quvchilari Sobirning keyingi sarguzashtini bilish uchun navbatdagi sonni kutishgan. Bu nashrda esa «O‘limga mahkum etilganlar»dan so‘ng darhol «Jaholat qurbonlari»ni o‘qishga o‘tasiz.

