SHEGLAM Good Grip Hydrating Primer — makiyajdan oldin yuzga surtiladigan namlantiruvchi baza. Teksturasi yengil, yuzda yoqimli turadi va tonal kremni yaxshiroq yotqizishga yordam beradi. Makiyaj qiladiganlar uchun zo‘r variant: baza yuzni tayyorlaydi, terini nam ko‘rinishda qoldiradi va grimni uzoqroq saqlashga ko‘maklashadi.
Bu primer ayniqsa tonal krem oldidan ishlatishga mos. Yuzni makiyajga tayyorlab, tonal vositaning tekisroq surilishiga yordam beradi. Good Grip nomidan ham ko‘rinib turibdi — baza makiyajni yuzda yaxshi ushlab turishga qaratilgan.
Kundalik grim, ofis make-up, mehmonlik yoki bayramona makiyaj oldidan ishlatsa bo‘ladi. Qisqasi, makiyajdan oldin “baza surtib olaman” deganlar uchun kerakli mahsulot.

