• Muallif; Shayx Oiz Al-Karniy
• Tarjimon; Zaxiriddin Mansur
• Muqova: qattiq
Islom olamining navqiron ulamolaridan doktor Oiz al-Qarniyning «Mahzun boʼlma» («La tahzan») kitobi nihoyat foydali bir mavzudan bahs etgani sababli oʼquvchilar tomonidan qizgʼin kutib olindi va qayta-qayta, bir necha million nusxada nashr qilindi. Kitobda musannif Qurʼoni karim oyatlari, hadisi sharifdan iqtiboslar va sahobayu tobeinlar hayotlaridan ibratli lavhalar keltirish bilan hamda oʼta taʼsirli hikmatlarni misol qilib, oʼquvchini mahzun boʼlmaslikka – insonligi uchun, moʼmin-musulmonligi uchun, benihoya Mehribon Ollohning bandasi, eng Buyuk Inson, sevikli Paygʼambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummati boʼlishdek ulugʼ saodatga ega boʼlgani uchun sevinib, shukronalar aytib, baxtiyor hayot kechirishga daʼvat qiladi. Jozib til va goʼzal uslub bilan bitilgan ushbu asarni oʼqib, olgan rohatlarimizni, Siz aziz dindoshlarimiz bilan baham koʼrish niyatida, «Mahzun boʼlma» kitobining bir juzʼini farzandi arjumandimiz Zahiriddin tarjimasida eʼtiboringizga taqdim qilinmoqda. Olloh barchamizga hayoti dunyoda ham, Oxirat diyorida ham mahzun boʼlmaslik baxtini ato etsin.

