"Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining “Kifoya” deb nomlangan uch jildlik kitoblari.
Ushbu 3 jildlik mujalladning to‘liq nomi «Kifoya sharhi Muxtasari Viqoya»dir, ya’ni u diyorimizda mashhur bo‘lgan «Muxtasari Viqoya»ning tarjima va sharhidir. «Muxtasari Viqoya»ning asl nomi “Niqoya” bo‘lib, uning muallifi hijriy 747 sanada vafot etgan mashhur faqih Sodrush-shariy’a Ubaydulloh ibn Mas’ud al-Buxoriydir. Ubaydulloh ibn Mas’ud bu kitobni bobosi Mahmud ibn Sodrush-shariy’aning «Viqoyatur Rivoya fiy masailil Hidoya» nomli kitobini muxtasar qilish – qisqartish ila yuzaga keltirgan, biroq ahli ilmlar va xalqimiz orasida «Muxtasari Viqoya» nomi ila mashhur bo‘lib ketgan. «Muxtasari Viqoya» hanafiy mazhabidagi eng mo‘tabar kitoblardan biri hisoblanadi. Zero u hanafiy mazhabdagi asosiy e’timodga sazovor bo‘lgan to‘rt matndan biri bo‘lmish “Viqoya” kitobining muxtasaridir. Ulamolar va tolibi ilmlar bu kitobni qadimdan e’zozlab keladilar.
“Kifoya” ning birinchi juzi “Poklik” va “Namoz”

