"Shaxsiy rivojlanishning 33 qoidasi" - ongli yashash va barqaror
kamolotga yetaklovchi ilhombaxsh qo'llanma. Asar shaxsiy rivojni
bir martalik natija emas, balki uzluksiz ichki mehnat ekanini ko'r-
satadi.
Kitob ichki poklikni asrash, "ichimizdagi bola"ni yo'qotmaslik va hayot sinovlarini donolik hamda ruhiy kuch manbaiga aylantirish g'oyasini ilgari suradi. Har bir lahza o'sish uchun berilgan imkoniyat sifatida talqin etiladi.
Asar minnatdorlik, insoniylik va oddiy hayot go'zalliklarini his qilishni mustahkamlab, o'quvchini nafaqat muvaffaqiyatli, balki ma'nan boy va baxtli inson bo'lishga chorlaydi.

