Bu kecha bir tush ko'rdim. Mening tilimga o'xshamagan tilda gapiradigan lablar qulog'imga bir necha harf shivirladi. Avvaliga tushunmadim, bu harflarning ma'nosini tushuna olmadim. Moviy va qizg'ish rang o'rtasidagi ranglar ko'zimga tashlana boshladi. Boshqa ranglar birma-bir ko'z o'ngimdan o'chib borayotgan bir payt qizg'ish ranglar aro bir odamni ko'rib qoldim. — Sen shoirsan! — dedim. — Nega og'zingdan chiqayotgan so'zlar bunchalar kamyob? Mana bu harflar-chi, nima degani? Tushunmayapman! U nigohini ko'zlarimga tikdi va: — Sen o'qimagin, faqat tinglagin! — dedi.Tinglash uchun esa sukut saqlash kerak ekan. Men jim qoldim, xolos. Qani, o'zim eshitgan narsalarni yoza olganimda edi... Tinglaganlarimni tushuntirib bera olsam edi! Xotiramda faqatgina uchta tovush qoldi. Uchta yo'qolgan harf...

