📘 Kitob nomi: ISHQ (I) – Sharqona muhabbat imzosi
✍️ Muallifi: Fotih Duman
📚 Janr: Roman
📕 Muqovasi: Yumshoq
📄 Hajmi: 292 bet
"Sharqona muhabbat imzosi" — “Ayn (I). Sharqona muhabbat imzosi” kitobi sizni nafaqat bugungi kun, balki oʻtmish sahifalarini ham varaqlab koʻrishga undaydi.
Asarning bosh qahramonlaridan biri Ahmad ismli yigitning murakkab hayoti tasvirlangan ushbu asar, qahramonning tushida “ayn”, “shin”, “qof” harflarini eshitishi bilan bogʻliq voqealar orqali ishqning kitobxon bilmagan qirralarini ochib beradi.
Kitobdagi oʻxshatishlar, iqtiboslar orqali muhabbat aslida biz bu dunyoda “goʻzal” deb nomlagan barcha mavjudotning Yaratuvchisi uchun boʻlishi kerakligini anglashga undab, tasavvufiy Alloh ishqi qanday boʻlishini oʻrgatadi.Qahramon yigitning keyingi hayoti qanday kechishi “I” “SH” “Q”ning keyingi kitoblarida davom etadi. Undan avval sizga taqdim qilinayotgan “Ayn (I). Sharqona muhabbat imzosi” kitobini mutolaa qilishingizni tavsiya qilamiz!

