Fransuz yozuvchisi Sharl Loran asari kitobxonni XIX asr boshlariga — Napoleon Fransiyasi davriga olib borib, buyuk general Napoleon Bonapart, josus Karl Shulmayter va go‘zal Berta kabi qahramonlar, shuningdek, ularning qaramog‘iga tushgan, tomirlarida qirol qoni oqayotgan sirli bola Gansning taqdiri va ichki kechinmalari orqali urushning jo‘shqin lahzalariga olib kiradi. Nafaqat badiiy zavq beruvchi, balki 1805-yilda Fransiya va Avstriya o‘rtasidagi mojarolar haqidagi tarixiy ma’lumotlar bilan tanishish imkonini beruvchi ushbu asar kitobxonlarning sevimli kitoblaridan biriga aylanadi, degan umiddamiz.

