«Shamollarda qolgan hislarim. 2-qism» — urushdan keyin Tara mulkini saqlab qolish va oilasining kelajagini ta’minlashga urinayotgan Skarlett O’Harraning hikoyasi davomi. Avvalgi hayot butunlay vayron bo‘lgan, atrofda qashshoqlik va katta o‘zgarishlar hukm surmoqda. Skarlett esa endi faqat o‘z kuchi va qat’iyatiga tayanishga majbur.
Uning hayotida Rett Batler tobora muhim o‘rin egallaydi. U Skarlettning xarakterini boshqalarga qaraganda yaxshiroq tushunadi. Shu bilan birga, Skarlettning Eshli Uilksga bo‘lgan hislari hamon uni qiynaydi. O‘z xohishlariga erishish yo‘lida qabul qilgan qarorlari esa yaqinlari bilan munosabatlariga va kelajakdagi taqdiriga ta’sir qiladi.
Romaning ikkinchi qismi — muhabbat, yo‘qotish, murakkab tanlov va o‘zgargan dunyoda o‘z o‘rnini topish uchun kurash haqidagi hikoya.

