"Shamoili Muhammadiya" — buyuk muhaddis Imom Abu Iso Muhammad at-Termiziyning eng mashhur asarlaridan biri bo‘lib, Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning ezgu fazilatlari, hayot tarzi va xulq-atvoriga bag‘ishlangan.
Kitobda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tashqi qiyofalari, ibodatlari, odamlar bilan munosabatlari, mehr-oqibatlari, kamtarliklari, olijanobliklari va yuksak axloqiy fazilatlari haqida hikoya qiluvchi sahih hadislar jamlangan. Bu asar nafaqat Payg‘ambar alayhissalomning hayoti haqida ko‘proq ma’lumot olishga yordam beradi, balki kundalik hayotda ularning sunnatlariga amal qilishga ilhomlantiradi.
✅ Sahih rivoyatlarga asoslangan ishonchli manba.
✅ Rasululloh ﷺ ning siyrat va shamoyillarini chuqur yoritadi.
✅ Iymon va muhabbatni mustahkamlashga yordam beradi.
✅ Oilaviy mutolaa va ilm majlislari uchun mos.
✅ Talabalar, ustozlar va barcha musulmonlar uchun foydali.
✅ Mazmunli va savobli sovg'a.
Alloh azza va jallaning izni bilan, ushbu kitob Rasululloh ﷺ ning go'zal hayotlarini o'rganishga, odob va axloqni go'zallashtirishga hamda qalbni nur bilan to'ldirishga sabab bo'ladigan qimmatli manbalardan biridir.

