Zaryadlovchi qurilma, kabel va boshqa mayda aksessuarlarni saqlash uchun mo‘ljallangan ixcham va qulay chexol. Mustahkam va shaffof materialdan tayyorlangan bo‘lib, ichidagi buyumlarni oson ko‘rish imkonini beradi. Aksessuarlarni chang, namlik, tirnalish va shikastlanishdan himoya qiladi.
Sifatli zamok (molniya) bilan jihozlangan bo‘lib, ochish-yopish qulay va ichidagi buyumlar xavfsiz saqlanadi. Ixcham o‘lchami sababli sumka, ryukzak yoki chamadonga oson joylanadi, sayohat va kundalik foydalanish uchun juda qulay.
Simlarning chigallashib ketishini oldini oladi, tartibni saqlashga yordam beradi va aksessuarlar xizmat muddatini uzaytiradi. Uyda, ishda va safarda foydalanish uchun amaliy va foydali aksessuar.

