1. Tayyorgarlik va ulash:
Fenni 220V elektr tarmog’iga ulang. 5 metrlik kabel tufayli qo’shimcha uzaytirgichsiz (udlinitelsiz) avtomobil atrofida bemalol harakatlanishingiz mumkin.
2. Harorat va havo oqimini sozlash:
Past harorat (50°C – 200°C): Yengil quritish, yopishqoq lentani yoki eski stiker/emblemalarni yumshatib ko’chirish uchun.
O’rta harorat (200°C – 400°C): Tonirovka plyonkalarini shaklga keltirish (усадка), avto-vinil va PPF (antigraviy) plyonkalarni qizdirib cho’zish uchun.
Yuqori harorat (400°C – 650°C): Plastiq detallarni tiklash (kuydirib qoraytirish), qalin plyonkalarni chetlarini qotirish (post-heating) uchun.
3. Ishlash texnikasi:
Fenni detalga perpendikulyar holda, kamida 10–15 sm masofada tuting.
Fenni bir joyda to’xtatib turmang, doimo silliq harakatlantiring (aks holda lak yoki plyonka kuyishi mumkin).
4. Xavfsizlik va o’chirish:
Ishni tugatgach, haroratni eng past darajaga tushirib, 1–2 daqiqa fenni sovuting, so’ngra to’liq o’chiring.
Ish davomida metall tumshug’iga tegib ketishdan saqlaning — u yerdagi Anti-Scald (kuyishga qarshi) himoya qoplamasi tasodifiy kuyish xavfini kamaytiradi.
Asosiy afzalliklari:
Professional detailing uchun maxsus: Vinil, tonirovka va PPF plyonkalar bilan ishlash uchun optimal harorat nazoratiga ega.
Xavfsizlik tizimi: Tumshug’idagi termo-himoya qoplamasi master qo’li yoki avtomobil lakini tasodifan kuydirib qo’yishdan asraydi.
Erkin harakatlanish: 5 metrlik uzun kabel garaj yoki avtoservisda ishlashni ancha qulaylashtiradi.
Tezkor qizish: 2000W quvvat bir necha soniyada kerakli haroratni ta’minlaydi

