Chiroyli ko‘rinishga ega, shaffof oynasimon akrildan tayyorlangan maxsus sovg‘a.
Tilla rangdagi akril ramka mahsulotga yanada joziba va nafislik bag‘ishlaydi.
Maxsus to‘rtburchak dizayni orqali siz va yaqin insoningiz barmoqlaringizni bo‘yab, esdalik izqoldirishingiz mumkin.
Bu — muhabbat, do‘stlik yoki unutilmas lahzalarni ifodalovchi ramzdir.
Bonus sifatida musiqali kalit ilgich taqdim etiladi — QR kodni skanerlab, qo‘shiqni tinglash imkoniyati mavjud.
Bu sovg‘a — unutilmas onlarni abadiylashtirish va qalbdan berilgan sovg‘a uchun ajoyib tanlov.

