Ushbu to'plamdan Raxshona Ahmedovaning „Haqiqat shamoli" hamda „Sevgim mening, sevgilim mening..." nomli qissalari o'rin olgan. „Haqiqat shamoli" qissasida yosh ijodkorning hayoti, muhabbati tasvirlanadi. „Sevgim mening, sevgilim mening..." nomli qissa esa Kamolaning orzu-armonlari haqida. Turmush o'rtog'ining e'tiborsizligidan ranjigan Kamola u bilan ajrashib, Rashid ismli shifokorga turmushga chiqadiyu, xato qilganini tushunadi.
Ushbu kitob mutolaasi sizga ma'qul bo'lishiga ishonamiz.
ISBN: 9789910954436
Qog‘oz formati: A5
Muqovasi: Yumshoq
Betlar soni: 160
Chop etilgan yili: 2024
Nashriyot: Read Book
Yozuv: Lotincha
Til: O'zbekcha

