Sevgi - borliqning asosi. Biz ishqdan yaraldik va har bir xatti-harakatimiz ishqning natijasidir. Faqat ugina ko'nglimizdagi g'ussani yuvadi, og'riqlarimizga malham bo'ladi, ilinjlarimizni tiriltiradi. Ertaga umid, bugunga ishonch, yaxshisini tilash va so'rash, atrofga ham yaxshisini ulashish ishqning eng go'zal aks etishidir.
🌸 O'z navbatida, ishq Alloh yo'lidan yurmoq va Haq taolo har bandasini sevishiga iymon keltirmoq ham. Yaratgan uni sevishini anglagan odamning g'am-anduhi qolmaydi, yuzidan tabassum, ko'nglidan iliqlik, umridan esa baraka arimaydi.
📖 Bu kitob har birimizga "Muhabbat - Allohning sendagi nuridir, ichingni u bilan yoritgin-da, o'zingning ham, boshqalarning ham hayotlarini saodatga to'ldir", deb uqtiradi.

