Muhabbat - borliqning asosi. Biz muhabbatdan yaratilganmiz va har bir harakatimiz muhabbat natijasidir. Faqat U qalbimizdagi g‘amni yuvadi, dardimizga malham bo‘ladi, umidimizni yashnatadi. Ertangi kunga umid, bugungi kunga ishonch, yaxshilikni istash va so‘rash, yaxshilikni atrofdagilar bilan baham ko‘rish muhabbatning eng go‘zal in’ikosidir. O‘z navbatida muhabbat Alloh taoloning yo‘lidan yurish va Alloh taolo har bir bandasini yaxshi ko‘rishiga ishonishdir. Yaratgan uni yaxshi ko‘rishini anglagan insonning na g‘ami, na yuzidagi tabassumi, na qalbidagi tafti, na hayotidagi barakasi yo‘qoladi. Bu kitob har birimizga: "Muhabbat Allohning sendagi nuridir, u bilan botiningni yorit, o‘zingni ham, o‘zgalarni ham baxtga to‘ldir," deb ta’lim beradi.

