Sevgi-borliqning asosi. Biz ishqdan yaraldik va har bir xatti-harakatimiz ishqning natijasidir. Faqat ugina ko'nglimizda-gi g'ussani yuvadi, og'riqlarimizga malham boʻladi, ilinjlarimizni tiriltiradi. Ertaga umid, bugunga ishonch, yaxshisini tilash va so'rash, atrofga ham yaxshisini ulashish ishqning eng go'zal aks etishidir. O'z navbatida, ishq Alloh yo'lidan yurmoq va Haq taolo har bandasini sevishiga iymon keltirmoq ham. Yaratgan uni sevishini anglagan odamning g'am-anduhi qolmaydi, yuzidan tabassum, ko'nglidan iliqlik, umridan esa baraka arimaydi. Bu kitob har birimizga "Muhabbat - Allohning sendagi nuri- dir, ichingni u bilan yoritgin-da, o'zingning ham, boshqalarning ham hayotlarini saodatga to'ldir", deb uqtiradi.

